Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar organlari vakillari tomonidan aholida saqlanayotgan o‘qotar qurollarni topshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirib kelingan. Shu vaqt ichida 50 nafar fuqaro 55 dona qurol va 212 dona o‘q-dorilarini noqonuniy saqlagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani aytildi.
Shuningdek, keltirib o‘tilgan davr mobaynida Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan umumiy 368 kilogramm narkotik vositalari, taqiqlangan g‘oyalarni ifodalovchi 26 dona adabiyot va 7 dona ma’lumot tashuvchi qurilmalar olingani ta’kidlandi.