Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston aholisi uch oy ichida bankomatlar orqali 4,5 mln dollar konvertasiya qildi

A A A
O‘zbekiston aholisi uch oy ichida bankomatlar orqali 4,5 mln dollar konvertasiya qildi

2019 yil 2-chorak natijalariga ko‘ra, bankomatlar orqali konvertasiya qilingan jami pul miqdori 4,5 mln dollarni tashkil etdi, bu haqda YAUPM ma’lumotlariga tayanib Spot xabar qiladi.

Ushbu ko‘rsatkich 2019 yil 1-chorakda qayd etilgan 2,4 mln dollarga nisbatan 88,1 foizga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi.

Diebold Nixdorf Cineo, GRG va NCR rusumidagi bankomatlar 24/7 tartibida (online) xizmat ko‘rsatib, «AQSh dollari va yevro chet el valyutasini konvertasiyalash» hamda «Naqd pul bilan plastik kartalarni to‘ldirish» funksiyalarini amalga oshiradi.

Ko‘rsatkichlarni taqqoslash natijasida, 2019 yil 2-chorakda chet el valyutasi konvertasiyasi asosan Qishloq qurilish bank, Orient Finans Bank, Asia Alliance Bank, Agro Bank, Xalq Banki bankomatlarida amalga oshirildi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:20 06.07.2019. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!