Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonna insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, kuchli zilziladan jabrlangan Afg‘oniston aholisi uchun navbatdagi insonparvarlik yordami yo‘llandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Yordam sifatida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy anjomlardan iborat qariyb 300 tonna yuk O‘zbekiston xalqi nomidan Balx viloyatiga yetkazildi.

Hayraton shahridagi «Astras» kompaniyasi maydonida yordamni topshirish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris hamda ikki mamlakat rasmiylari ishtirok etdi.

Yuk tarkibidan un, guruch, shakar, tushyonka, makaron va qandolat mahsulotlari, yog‘, tayyor taomlar, qizil loviya va mosh, qadoqlangan ichimlik suvi, 5 mingta yoping‘ich hamda 10 tonnadan ziyod dori vositalari va tibbiy jihozlar o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, 1 sentyabrga o‘tar kechasi Afg‘oniston sharqida kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Qutqaruv ishlari davomida qurbonlar soni 3 mingga yaqinlashgani aniqlandi.

Kiritildi: 00:18 07.09.2025. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!