Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekiston 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida 23 ta xorijiy davlatga jami 206,3 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Mahsulotlar qiymati 64,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Eksport qilingan mahsulotlarning 139 ming tonnasi tarvuz, 67,3 ming tonnasi qovun hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eksport hajmi 2025 yilning mos davriga nisbatan 22,9 ming tonnaga yoki 10 foizga kamaygan. Shu bilan birga, eksport qiymati 8,2 mln dollarga yoki 14,6 foizga oshgan.
Qovun va tarvuz eng ko‘p Rossiyaga yetkazib berilgan — 97,4 ming tonna. Qozog‘istonga 51,8 ming tonna, Qirg‘iz Respublikasiga 46,6 ming tonna mahsulot eksport qilingan.
Belarusga 3,2 ming tonna, Latviyaga 2,1 ming tonna, Germaniyaga 1,4 ming tonna va Tojikistonga 1,1 ming tonna qovun hamda tarvuz yetkazib berilgan.
Ukrainaga 947,7 tonna, Litvaga 866,4 tonna, Mo‘g‘ulistonga 290,9 tonna mahsulot eksport qilingan. Boshqa davlatlarga yetkazib berilgan qovun va tarvuz hajmi 698,3 tonnani tashkil etgan.