AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Demokratik partiya yetakchilarining yangi Kongress tarkibi, avvalo, uning iste’fosini talab qilish tashabbusi bilan chiqishi haqidagi bayonotlariga munosabat bildirgan.
“Biz kurashni endi boshladik. Har qachongidan ham qat’iyatlimiz va boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishga bel bog‘laganmiz. Biz ortga chekinmaymiz, kurashamiz va respublikamizni ichki hamda tashqi barcha dushmanlardan himoya qilamiz”, deb aytgan u.