Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga “noma’lum shaxslar tomonidan amalga oshirilgan firibgarlik harakatlari oqibatida” Ukrainadagi urushga Rossiya armiyasi safidan yollangan fuqarosini vataniga qaytarish chaqirig‘i bilan nota yubordi.
Qayd etilishicha, notada gap Qirg‘izistonning Talas viloyatidan bo‘lgan 21 yoshli Elistan Toktogulov haqida bormoqda. Yigit 2026 yilning kuzida ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada yashovchi yurtdoshining e’loniga duch kelgan. Yollovchi Toktogulovga Qirg‘izistondagi o‘rtacha daromaddan uch baravar yuqori bo‘lgan 110 ming rubl (1340 dollar) ish haqi evaziga Rossiyada soqchilik va haydovchilik kabi bir nechta bo‘sh ish o‘rinlarini va’da qilgan.
Elistan Rochsiyaga jo‘nab ketgan, u yerda uni aldov yo‘li bilan Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur qilishgan va Ukrainadagi jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun Voronej viloyatidagi poligonga yuborishgan.
Yigit aloqaga chiqishga muvaffaq bo‘lgan Toktogulovning yaqinlari 3 noyabr kuni Manas shahrida piketga chiqqan va hukumatga uni yurtiga qaytarishni so‘rab videomurojaat e’lon qilgan. Rasmiy Bishkek tez orada vaziyatga aralashib, Rossiya tomonini nafaqat Elistanni qo‘yib yuborishga, balki “aybdor shaxslarni aniqlash va ularni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishni ta’minlash” uchun Toktogulovning yollangani holatini tekshirishga chaqirgan.
Shu bilan birga, Qirg‘iziston rasmiylari Rossiyada bo‘lib turgan o‘z fuqarolariga armiyaga yolpanish xavfi tahdid solayotganidan ogohlantirgan.
BMT Bosh assambleyasining Ukrainadagi urush paytidagi jinoyatlarni tekshirish bo‘yicha mustaqil komissiyasi oktyabr oyi oxiridagi maxsus hisobotida Rossiya armiyasiga aldov yoki majburlash yo‘li bilan yollanganish holatlari kamida 29 ta mamlakatdan kelganlarga nisbatan isbotlanganini ma’lum qilgan. Ularning orasida nafaqat sobiq SSSR respublikalari, balki Afrika, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari fuqarolari bor.