FIDE Samarqandda o‘tkazilgan 2026 yilgi Shaxmat Olimpiadasi natijalariga ko‘ra, kelasi yilgi Jahon kubogi va ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi uchun ajratilgan yo‘llanmalarni e’lon qildi.
O‘zbekiston har ikkala musobaqada bittadan yo‘llanmaga ega!
Ochiq yo‘nalish — 1 ta yo‘llanma
Samarqandda Olimpiada chempioniga aylangan O‘zbekiston terma jamoasi Jahon kubogi yo‘llanmalari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu yo‘llanma uchun Olimpiadada chempion bo‘lgan tarkibdagi shaxmatchilardan biri tanlanishi mumkin:
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubbayev, Shamsiddin Vohidov yoki Muhiddin Madaminov.
Ayollar yo‘nalishi — 1 ta yo‘llanma
Olimpiadani 13-o‘rinda yakunlagan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham 2027-yilgi Jahon kubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Yo‘llanmaga nomzodlar — Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva va Guldona Karimova.
Yo‘llanmalar kimlarga beriladi?
FIDE qoidalariga ko‘ra, har bir milliy federasiya Olimpiadada qatnashgan jamoasi a’zolaridan birini tanlaydi. Agar barcha a’zolar boshqa yo‘l bilan saralangan yoki ishtirok etishdan bosh tortgan bo‘lsa, federasiya boshqa shaxmatchini ham ko‘rsatishi mumkin.
Yakuniy vakillar 2027 yilning 1-15 iyul kunlari tasdiqlanishi kutilmoqda.
Umumiy hisobda Olimpiada natijalari orqali ochiq yo‘nalishda 83 ta, ayollar yo‘nalishida esa 45 ta milliy federasiya Jahon kubogi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Samarqanddagi Olimpiada O‘zbekiston shaxmatchilariga nafaqat medallar, balki kelgusi yildagi eng nufuzli xalqaro musobaqalardan birida qatnashish uchun yangi imkoniyatlar ham taqdim etdi.