2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 1,6 million tonna meva va sabzavot eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 15,7 foizga ko‘proqni tashkil qiladi.
Eksportning qiymatida ham o‘sish kuzatilgan: meva va sabzavotlar eksportidan tushgan daromad 29,8 foizga oshib, 1,2 milliard dollarga etdi.
O‘zbekiston eksportida eng katta ulushni uzum, shaftoli va gilos egalladi:
Shu bilan birga, O‘zbekiston eksport faoliyatini rivojlantirishda qator davlatlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu meva-sabzavot mahsulotlarini nafaqat Markaziy Osiyo bozoriga, balki Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib berishga imkon bermoqda.