Uzbekistan Airways Germaniyada aviasiya sohasi xodimlarining keng ko‘lamli ish tashlashi tufayli Frankfurtga parvozni bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.
“Germaniya aviasiya hukumati tomonidan 23 mart kuni Germaniya aeroportlarida aviasiya sohasi xodimlarining 27 mart kuni bir kun davomida (00:00 dan 23:59 gacha) ish tashlashi e’lon qilinishi munosabati bilan aviakompaniyalarning tijoriy reyslarini bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ushbu vaqt mobaynida Frankfurt-Mayn xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan, Toshkent-Frankfurt-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY231/232 reyslari faqat 27 mart kuni bekor qilinadi va yo‘lovchilar 29 mart kuni navbatdagi HY231/232 reyslari bilan o‘z manzillariga yetkaziladi: