Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbek klublari Osiyo Chempionlar Ligasida qancha pul ishlab olishi mumkin?

O‘zbek klublari Osiyo Chempionlar Ligasida qancha pul ishlab olishi mumkin?

Toshkentning “Paxtakor” klubi yangi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasining Elite Ligasida ishtirok etadi.

Poytaxt klubi ushbu musobaqada umumiy hisobda 12 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli ishlab olishi mumkin. Buning uchun jamoa musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishi lozim.

“Paxtakor” Liga bosqichidagi ishtiroki orqali 800 ming AQSh dollari ishlaydi. Ushbu summa 1 million dollarga aylanishi uchun jamoa 12 klub ishtirok etadigan guruhni hech bo‘lmaganda 8-o‘rinda yakunlashi talab etiladi.

O‘zbek klublari Osiyo Chempionlar Ligasida qancha pul ishlab olishi mumkin?

Jamoa yarim finalga yo‘l olib o‘z g‘aznasini yana bir million dollarga to‘ldirishi mumkin. Finalga yo‘l olgan jamoa 4 million dollarga ega chiqadi.

“Nasaf” Chempionlar Ligasining ikkinchi toifasidagi musobaqasida ishtirok etadi va agar unda g‘olib chiqsa, 3 280 000 AQSh dollariga ega chiqadi. Jamoaga guruh bosqichidagi ishtirok 300 ming AQSh dollari taqdim etadi. Har bir bosqichdagi muvaffaqiyatli ishtirok orqali jamoa o‘z hisobini to‘ldirib borish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘zbek klublari Osiyo Chempionlar Ligasida qancha pul ishlab olishi mumkin?

Qarshi klubi yarim finalga yo‘llanma olish orqali 780 ming dollarga ega chiqadi, final esa ularning g‘aznasiga 1 million dollarni tuhfa qiladi. Bu yildan e’tiboran OFK ayollar o‘rtasida Chempionlar Ligasi musobaqasini ham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi. Unda O‘zbekiston sharafini “Nasaf” klubi tuzilmasidagi “Sevinch” jamoasi himoya qiladi. Jamoa guruh bosqichidagi ishtirokdan 100 000 AQSh dollari ishlab topadi. Agar musobaqada g‘olib chiqsa, yakunda 1 300 000 dollarga ega bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichining birinchi o‘yinlari 16—18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 00:49 14.06.2024. O'qildi: 2457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!