Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

UzAuto Motors muhim yangilikni e’lon qildi

A A A
UzAuto Motors muhim yangilikni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillari uchun shartnoma berish boshlanishi haqida xabarlar tarqalgach, bugun tongdan ko‘plab dilerlik markazlarida odamlar to‘plandi. Holatga UzAuto Motors munosabat bildirdi.

«Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktasiya boshlanganligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli katta navbatlar yuzaga keldi.

Hurmatli xaridorlar, sotuv boshlanganligi to‘g‘risida va boshqa murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni UzAuto Motorsning rasmiy kanallaridan olishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:44 30.10.2023. O'qildi: 39544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!