Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

UzAuto BYD bilan hamkorlikda O‘zbekiston iste’molchilarining ehtiyojlarini o‘rganishni boshladi

UzAuto BYD bilan hamkorlikda O‘zbekiston iste’molchilarining ehtiyojlarini o‘rganishni boshladi

UzAuto O‘zbekiston iste’molchilari uchun eng yaxshi mahsulotni yaratish va ularning ehtiyojlarini aniqlash maqsadida, Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda "Car Clinic"– tadqiqot loyihasini o‘tkazishni boshladi. Unda potensial xaridorlarning yangi yenergiya manbalari bo‘yicha avtomobillarni qabul qilishi o‘rganiladi.

UzAuto bozoriga avtomobillarni olib kirilishida dastlab iste’molchilarning fikrini o‘rganish an’anaga aylandi. Bu o‘z navbatida, kompaniyaning barcha mahsulotlarini mahalliy sharoit va afzalliklarga moslashtiradi.

Iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash maqsadida, BYD avtomobil modellarining plaginli gibrid elektromobillari (PHEV) prototiplar sifatida taqdim etildi.

Car Clinic ishtirokchilari taqdim etilgan modellarning texnik xususiyatlari orasida BYD tomonidan ishlab chiqarilgan portlash va yong‘inga chidamli Blade Battery akkumulyatorlarning mavjudligini qayd etishdi.

Bu akkumulyator to‘liq zaryad va to‘liq yoqilg‘i bakida 100 km uchun atigi 3.8-4.5 l yoqilg‘i sarfi bilan 1 200 kmgacha masofani bosib o‘tishga imkon beradi. Tezlashuv vaqti 100 km/sga 7.3-7.9 soniyani tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, Xitoyda avtomobilning birinchi egalari uchun uning asosiy qismlari (akkumulyator, dvigatel va elektron boshqaruv tizimi)ga umrbod kafolat beriladi. Avtomobil kafolati 6 yil yoki 150 000 km bo‘lib, bu yesa avtomobilning yuqori ishonchliligidan dalolat beradi.

Barcha uchun alohida ijobiy fakt bu turdagi avtomobillarni boshqarishning tejamkorligi bo‘ldi – taxminlarga ko‘ra, PHEV ning yillik ekspluatasiya xarajatlari boshqa avtomobillarga qaraganda 400 dollarga kam.

Aqlli boshqaruv tizimi va 360° kameralarning mavjudligi avtomobilni telefon orqali boshqarish, shuningdek, uning joylashuvini, kameralardan olingan ma’lumotlarni, yoqilg‘i sarfini, isitish va sovutish tizimi va boshqa bir qator tizimlarni boshqarish imkonini beradi.

Bularning barchasi, zamonaviy avtomobil dizayni bilan bir qatorda shuningdek, katta displey (uni tekislikda 90 gradusga kengaytirish imkoniyati bilan), adaptiv kruiz-kontrol, yo‘nalishni boshqarish, havoni tozalash tizimi, simsiz zaryadlash va boshqa ko‘plab funksional imkoniyatlarning mavjudligi, futuristik disklari bilan BYD avtomobillarini sotib olish uchun eng funksional va maqbullardan biriga aylantiradi.

O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida avtomobil ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganligi munosabati bilan, ushbu avtomobillar tadbir qatnashchilari tomonidan ko‘zdan kechirish bilan birga, “Test drive” ham o‘tkazildi, hamda sinovdan o‘tayotgan modellardan iste’molchilarning ko‘ngillari to‘lgani yoki kamchiliklari borasida: avtomobil dizayni, qulayligi va boshqa ko‘plab jihatlarini o‘rganishga qaratilgan maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi.

“Car Clinic” usuli "sifatli" tadqiqotlarni, avtomobillarning statistik va dinamik testlarini, shuningdek, so‘rovnomalarni o‘z ichiga olgan.

Tadqiqotning maqsadli auditoriyasi an’anaviy yoqilg‘ili avtomobil va elektromobil egalari bo‘lib, kelajakda optimal konfigurasiyaning zarur imkoniyatlari va xususiyatlarini batafsil aniqlashga imkon beradi. Ishtirokchilardan olingan so‘rovnomalar natijasi O‘zbekistonda seriyali ishlab chiqarilishi kutilayotgan avtomobillarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida UzAuto va Xitoyning eng yirik elekromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi BYD o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishildi. Hamkorlik doirasida tomonlar yengil avtomobillar hamda avtobuslarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani O‘zbekistonning yangi energiya manbaida (NEV- gibridlar, elektromobillar va elektroavtobuslar) amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishni kelishib olishdi. Shuningdek, loyiha o‘z ichiga savdo va servis xizmat ko‘rsatish shu jumladan, elektromobillar akkumulyatorlari hamda yelektrodvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish tarmog‘larini yaratishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 15:11 23.06.2022. O'qildi: 2836 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!