Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Uyushgan jinoyatchilikda ayblangan ichki ishlar xodimlari oqlandi

Uyushgan jinoyatchilikda ayblangan ichki ishlar xodimlari oqlandi

Dastlabki tergov organi tomonidan Sultanov Sarvar va Adambayev Jo‘rabek Xorazm viloyatining Yangibozor tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakil lavozimida ishlab kelib, oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘g‘irlik jinoyatini hisobga olishni qasddan yashirganlikda ayblangan.

S.Sultanov va J.Adambayevlarga oid jinoyat ishi Xiva shahar sudida sud raisi O.Masharipovning raisligida sud muhokamasida ko‘rib chiqilib, sudda aniqlangan holatlarga asosan jinoiy hodisa yuz bermaganligi va S.Sultanov va J.Adambayevlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘lqigi sababli ularga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi O.Masharipov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 9-moddasida, ya’ni ayb uchun javobgarlik prinsipida shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘lishi, 4-moddasida hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emasligi qayd etilganligi bildirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi.

Kiritildi: 15:16 29.04.2019. O'qildi: 1300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!