Sariog‘ash tumanida o‘ldirilgan 5 yoshli qizning otasi Qozog‘iston hukumatiga fojia yuz bergan uyni buzishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.
Nurjan Yerejepovning so‘zlariga ko‘ra, pedofil qotilga hukm qilingan shaxsning uyiga piyonista va uysizlar to‘planishadi. Ota fojia takrorlanishidan qo‘rqadi.
"Bu pedofilning uyi hozir mastlar uyiga aylangan. Bir necha kun oldin qo‘shnilar menga qo‘ng‘iroq qilib, chiroq yoqilganligini aytishdi. Qo‘shnilar uning uyiga borib, u yerda bir shisha aroq va stakan borligini aniqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, fojia yozda Jibek yo‘li qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Besh yashar Yerkejan kuppa-kunduzi g‘oyib bo‘ldi. Butun qishloq uni qidirdi va oxir-oqibat qo‘shni uyning tomidan jasadini topishdi. Qarindoshlari qizaloqning tanasi ko‘kargani va jarohatlar bilan qoplanganini aytishgan.
Uyning 48 yoshli egasi zudlik bilan hibsga olindi, tergov ishlarini Tokayev shaxsan o‘z nazoratiga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi avval ham ikki marta sudlangan. Avvaliga qotillik, keyin esa tanishiga bolta bilan og‘ir tan jarohati yetkazgani uchun 10 yil qamoq jazosini o‘tagan. Ushbu jinoyati uchun u atigi uch yil sinov muddatini oldi.
Yosh bolani o‘ldirgani uchun G‘ayibnazarov umrbod qamoq jazosiga, kimyoviy kastrasiyaga va marhum qizning ota-onasiga ma’naviy zarar uchun yuz million tenge to‘lashga hukm qilindi.