Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Uyatsiz foto va videolarini tarqatgani uchun qamalgan bloger qiz ozod etildi

A A A
Uyatsiz foto va videolarini tarqatgani uchun qamalgan bloger qiz ozod etildi

Xabar qilinganidek, 2022 yil 11 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining qarori bilan ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi va suratlarni tarqatgan S. S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

15 noyabr kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida S. S. ga oid ish yuzasidan chiqarilgan sud qaroriga huquqbuzar tomonidan berilgan apellyasiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

Ma’muriy javobgarlikka tortilgan S. S. apellyasiya shikoyatida, hozirgi kunda qilgan ishidan pushaymonligi bildirib, sud qarori bilan tayinlangan jazoni yengillashtirishni so‘ragan.

Apellyasiya instansiyasi sudi shikoyatda keltirilgan vajlarni o‘rganib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan S. S. ga nisbatan jazo tayinlashda, shaxsini, yoshini, ayolligini, bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, birinchi instansiya sudi qarori bilan tayinlangan ma’muriy qamoq jazosini kam muddatdagi ma’muriy qamoq jazosiga keltirishni lozim deb topdi.

Toshkent shahar sudining ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining S. S. ga oid qarori o‘zgartirilib, huquqbuzarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qo‘llanilgan holda tayinlangan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi 4 sutka ma’muriy qamoq jazosiga keltirildi.

Natijada ma’muriy javobgarlikka tortilgan S. S. jazoni to‘liq o‘tagan deb hisoblanib, Toshkent shahar IIBB Maxsus qabulxonasidan ozod qilindi.

Kiritildi: 11:34 16.11.2022. O'qildi: 11925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!