XX asrda Afrikaning ayrim hududlaridagi mahalliy qabilalar mustamlaka polisiya xodimlari hamda o‘t o‘chiruvchilarni odamlarga yordam beruvchi emas, aksincha, odamlarni yemish sifatida ishlatadigan qonxo‘r vampirlar deb hisoblaganlar.
1947 yilda Mombasada mahalliy o‘t o‘chiruvchilar guruhi to‘g‘risida o‘ta vahimali mish-mishlar tarqalib ketgan. Unga ko‘ra, bir erkak o‘t o‘chiruvchilar uyqudagi bir ayolni o‘g‘irlab, o‘t o‘chirish stansiyasiga olib ketib qolganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini tinmay ta’kidlagan. Go‘yoki ular sal keyinroq bir nechta chelak qon bilan ko‘rinishgan emish. Bu Keniyada o‘t o‘chiruvchilar hamda polisiya vakillari qonho‘rlikda ayblanishining yagona hodisasi bo‘lmagan.