Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari yuqishidan saqlaning!

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari yuqishidan saqlaning!

🟢 O‘tkir diareya kasalligi tez yuquvchi kasallik bo‘lib, holsizlanish, bosh va qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynib qayt qilish, ichning suyuq va tez-tez ketishi bilan kechadi.

🟢O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqishida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, qaynatilmagan ariq, hovuz va quduq suvlari, yuvilmagan sabzavot va mevalar, shu bilan birga pashshalar alohida sababchi hisoblanadi.

🟢Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida kasallik sog‘lom odamlarga yuqadi.

📌Kasallikning oldini olishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:

✅ har doim, ayniqsa ovqatlanishdan oldin qo‘lingizni sovunlab yuving;

✅ meva va sabzavotlarni toza ichimlik suvida (iloji bo‘lsa qaynagan suvda) yuvib iste’mol qiling;

✅ ochiq suv havzalaridan suv ichmang, faqat qaynatilgan suv iching, mumkin bo‘lmagan joylarda cho‘milmang;

✅ oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va ularni tashish hamda tarqatilishida santariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling;

✅ non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini poliyetilen xaltachalar va usti berk idishlarda saqlang;

✅ idish tovoqlarni yuvuvchi vositalar bilan uyushgan jamoalarda qo‘shimcha 0.2-0.5% xlorli aralashma bilan birgalikda yuving;

✅ pashshalarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymang;

✅ hududlar, ovqatlanish obektlari hamda umumiy foydalanish joylarining tozaligi va sanitariya holatini saqlab turing;

✅ tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganingizda uning sifati va yaroqliligiga e’tibor qarating;

✅ o‘zingiz va bolangizning tirnoqlarini o‘z vaqtida olib, bolangiz qo‘llarini doimo toza tutishga o‘rgating;

✅ chiqindi tashlash joylarni tez-tez dezinfeksiya vositalari bilan zararsizlantirib turing;

❌ Ko‘ngil aynib, qorinda og‘riq paydo bo‘lsa, ich ketishi va ba’zi hollarda tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qiling, shifokorlar maslahatisiz har xil dori-darmonlarni o‘z bilganingizcha iste’mol qilmang.

Kiritildi: 14:56 26.05.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!