Ukraina iyun oyida o‘tkaziladigan NATO sammitida ishtirok etishi kerak — Volodimir Zelenskiy.
Ukraina prezidentining Berlinda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, agar Kiyev NATO sammitda qatnashmasa, bu Vladimir Putin uchun g‘alaba bo‘ladi.
Volodimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
◾️ Rossiyaliklar tinchlik muzokaralarini buzishga urinmoqda, ular navbatdagi ikki tomonlama uchrashuv o‘tkaziladigan joyni tanlamayapti. Moskva urushni tugatmaslik uchun doim bahona izlab yuradi;
◾️ Bizga havo hujumidan mudofaa raketalarini yetkazib berayotgani uchun Germaniyadan minnatdormiz;
◾️ Menimcha, AQSh Rossiya talab qilganidek, Ukrainani to‘rtta viloyatdan qo‘shinlarini olib chiqishga majburlamaydi;
◾️ Ukraina Belarusda Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishni istamaydi, chunki bu davlat hududidan bizga qarshi raketalar uchirilgan;
◾️ Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk viloyatining ma’muriy chegarasini kesib o‘tishga harakat qilmoqda;
◾️ Rossiya Sumi yo‘nalishida 50 mingdan ortiq harbiyni to‘plamoqda;
◾️ Moskva kuniga 500 ta dron ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda;
◾️ Kremlning tinchlik bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqamiz va aniq javob beramiz;
◾️ Muzokaralar uchun eng maqbul maydonlar: Turkiya, Vatikan va Shveysariya;
◾️ Urush 2026 yil iyunigacha davom ettishi mumkin. Bu sanaga kelib, Rossiya G‘arb sanksiyalarining ta’sirini jiddiy his qila boshlaydi. Biroq Ukraina yana bir yil jang qilishni istamaydi, bu biz uchun juda uzoq muddat.