Unga asosan mamlakatimizda asosiy kapitalga investisiyalar hajmi 226,6 trillion so‘mga yetgan. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga qaraganda 11,8 foiz ko‘p. Bu davrda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va kreditlar hajmi 16,3 foiz o‘sgan va 91,8 trillion so‘mga teng bo‘lgan.
Shunga qaramasdan, hududlar miqyosida investisiyalarning taqsimlanishida tafovutlar kuzatilmoqda. Masalan, asosiy kapitalga investisiyalar bo‘yicha Xorazm viloyati va respublika miqyosidagi o‘rtacha qiymatlar orasidagi farq joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida qariyb 2,7 baravarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar bo‘yicha esa 2,5 baravarni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga investisiyalar bo‘yicha Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida indeks qiymati me’yordagidan ancha yuqori bo‘lgan. Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida me’yordagi ko‘rsatkich, aksariyat viloyatlarda esa unga yaqin qiymatlar qayd etilgan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar bo‘yicha Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida me’yordagiga yaqin ko‘rsatkichni qayd etgan. Sirdaryo, Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlarida me’yordagidan yuqori Toshkent shahri va Xorazm viloyatida ancha past bo‘lgan.