Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘tgan 2024 yil “103” xizmatiga 2700 dan ziyod yolg‘on chaqiriq kelib tushdi

O‘tgan 2024 yil “103” xizmatiga 2700 dan ziyod yolg‘on chaqiriq kelib tushdi

🩺 Tez tibbiy yordam xizmati sifati, eng avvalo, "103" brigadalarining chaqiriq manziliga o‘z vaqtida yetib borishi bilan belgilanadi. (https://telegra.ph/file/a4039b53b27ae6b55c222.png)

🚑 Ammo ba’zan fuqarolardan “Tez yordam” avtomashinalari bemor oldiga kechikib borgani haqidagi e’tirozlarni eshitamiz. Bunga esa ko‘pincha yolg‘on chaqiriqlar sabab bo‘ladi.

📞 Raqamlarga ko‘ra, o‘tgan 2024 yil davomida “103” xizmatiga jami 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Mazkur ko‘rsatkichni 2023 yilning ayni shu davri bilan taqqoslasak, qariyb 792 taga kamayganini ko‘rish mumkin.

📈 Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 645 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 436 ta. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidan 259 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

📉 Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 17 ta!

Kiritildi: 16:24 03.02.2025. O'qildi: 1437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!