Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Usmon Dembele «Oltin to‘p-2025»ni qo‘lga kiritdi

Usmon Dembele «Oltin to‘p-2025»ni qo‘lga kiritdi

Usmon Dembele o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"PSJ" va Fransiya terma jamoasining 28 yoshli vingeri "Oltin to‘p-2025" sohibiga aylandi.

2024/25 yilgi mavsumda Dembele "PSJ" bilan Fransiya chempionati, Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. U klub safida 53 ta o‘yinda 35 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p" 2022 yildan boshlab kalendar yili emas, balki mavsum yakunlari bo‘yicha (2024 yil 1 avgustdan 2025 yil 31 iyulgacha) topshiriladi.

Kiritildi: 02:21 23.09.2025. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!