Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Ushbu hafta Ukraina kelajagi uchun hal qiluvchi bo‘ladi — Yevrokomissiya rahbari

Ushbu hafta Ukraina kelajagi uchun hal qiluvchi bo‘ladi — Yevrokomissiya rahbari

Ursula fon der Lyayen Rimda Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni va AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens bilan uchrashdi. Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Ukrainadagi urush bo‘ldi.

Fon der Lyayenga ko‘ra, mazkur hafta Ukraina kelajagi uchun “hal qiluvchi” bo‘ladi. U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholab, urushni to‘xtatish yo‘lida oldinga siljish zarurligini eslatdi.

O‘z navbatida, Meloni Rimdagi ushbu muloqot tufayli AQSh va Yevroittifoq o‘rtasidagi munosabatlarda diplomatik yaqinlikka erishish mumkinligiga umid bildirdi.

"Evropa va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar — G‘arb birligi va qudratini saqlab qolmoqchi bo‘lgan tomonlar uchun muhim asosdir", — deya qo‘shimcha qildi Italiya bosh vaziri.

Kiritildi: 13:14 19.05.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!