"Hech bir eronlik amaldor hech qachon Oq uy darvozasi qarshisida tiz cho‘kkan emas. Donald Trampning yolg‘onlaridan ham jirkanchrog‘i bu Eron oliy rahbarini “yo‘q qilish” haqidagi qo‘rqoqlarcha tahdidi hisoblanadi.
Eron bosim ostida hech qachon muzokara olib bormaydi, bosim sharoitida tinchlikni qabul qilmaydi va ayniqsa, ta’sirini yo‘qotayotgan, urushlarni qo‘zg‘agan siyosatchi bilan bu ishni qilmaydi.
Eron har qanday tahdidga qarshi tahdid bilan, har qanday harakatga esa o‘ziga xos, simmetrik javob chorasi bilan javob beradi", deyiladi missiya bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy ham Tehron hech qachon taslim bo‘lmasligi va tahdidlarga munosib javob berishini aytgan edi.