Bu haqda Politico xabar berdi.
Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 2029 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda uchinchi muddatga saylanish niyatida emas.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Ursula fon der Lyayenning mahkamasi rahbari Born Zaybert yuqori martabali mulozimlar bilan bo‘lgan yopiq kechki ovqat paytida Yevrokomissiya raisi o‘z vakolatlarini uzaytirishga harakat qilmasligini ma’lum qilgan.
Nashrning yozishicha, bu e’tirof Yevropa Komissiyasi departamentlarini qayta qurish amaldagi rais qo‘lida hokimiyatni keng miqyosda markazlashtirishga urinish degan xavotirlarni yo‘q qilishga qaratilgan.
Evropa Ittifoqining ta’sis shartnomalari Yevrokomissiya rahbari uchun muddatlar sonini cheklamaydi, ammo fon der Lyayen keyingi saylovlargacha 70 yoshga to‘ladi.
Avvalroq Politico Yevropa komissiyasi mintaqaviy va ijtimoiy jamg‘armalarni boshqarish uchun investisiyalar bo‘yicha bosh direktorat tuzishni ko‘rib chiqayotgani, bu fon der Lyayenning ta’sirini kuchaytirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Nashrning ta’kidlashicha, yangi bo‘linma muhokamasi Yevrokomissiyaning eng qadimgi organlaridan biri - Mintaqaviy va shahar siyosati direksiyasining tugatilishi bilan bog‘liq.