O‘rik tarkibida vitaminlar, karotinlar, flavonoidlar, fitosterollar, fitoestrogen, antioksidantlar, organik kislotalar, uglevodlar, pektinlar, aminokislotalar, mikro va makroelementlar, kletchatkalar mavjud.
Tarkibidagi minerallar tufayli o‘rik inson organizmining deyarli barcha tizimiga foyda ko‘rsatadi:
• magniy oshqozon-ichak trakti faoliyatini tartibga soladi;
• kalsiy suyaklar va tishlarni mustahkamlaydi;
• kaliy elektrolitlar darajasini tiklaydi, yurak mushaklarini kuchaytiradi, kalsiyning singishini ta’minlaydi;
• temir eritrositlar sonini ko‘paytiradi, gemoglobinni oshiradi, anemiyanining oldini oladi;
• yod qalqonsimon bez faoliyatini normallashtiradi;
• stronsiy kariyes va osteoporozning oldini olishga xizmat qiladi.
Yangi uzilgan mevalarda kaloriya miqdori past (44 kilokaloriya) va uglevodlar konsentrasiyasi (10% dan ko‘proq) yuqori bo‘ladi hamda u tanada ortiqcha vazn yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Quritilgan o‘rikda esa kaloriya miqdori juda ko‘p bo‘lib, 240 kilokaloriyaga yetadi.