Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Urganchda o‘zining tanishini yog‘och bilan urib o‘ldirgan fuqaro 13 yilga qamaldi

Urganchda o‘zining tanishini yog‘och bilan urib o‘ldirgan fuqaro 13 yilga qamaldi

Urganch tumanida yashovchi, 41 yoshli Q.S. o‘rta ma’lumotli, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan, 1 nafar farzandning otasi. Muntazam spirtli ichimlik ichib, janjal ko‘tarib, qo‘shnilarining tinchligini buzib kelgan. Jinoyat sodir bo‘lgan kuni Q.S. uyi oldida mast holatda turganida tanishi R.A. ni ko‘rib, spirtli ichimlik olib berishini talab qilgan va o‘zaro janjallashgan. Shundan so‘ng yog‘och bo‘lagini olib, R.A.ning orqa yelkasiga urgan. R.A. uning tajovuzidan qutulish maqsadida qochganida ortidan borib, yog‘och bo‘lagi bilan urib yiqitgan va boshiga bir necha marotaba qasddan urib o‘ldirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudida ko‘rilgan ishda Q.S. Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kiritildi: 14:50 14.01.2022. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!