Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Urganch–Xiva yo‘nalishida yangi pullik avtomobil yo‘li quriladi

Urganch–Xiva yo‘nalishida yangi pullik avtomobil yo‘li quriladi

Urganch–Xiva yo‘nalishida avtomobil yo‘li barpo etiladi. Bu haqda Xiva shahar hokimligi xabar berdi.

Xorazm viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yaxshilash maqsadida Urganch–Xiva yo‘nalishida yangi pullik avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur loyiha zamonaviy talablarga javob beruvchi, yuqori tezlik va xavfsizlikni ta’minlaydigan yo‘l infratuzilmasini yaratishga qaratilgan.

Loyiha doirasida umumiy uzunligi 32 kilometr bo‘lgan yangi avtomobil yo‘li barpo etiladi. Ushbu yo‘l mavjud yo‘nalishlarga muqobil bo‘lib, transport qatnovini sezilarli darajada yengillashtiradi, safar vaqtini qisqartiradi va harakat xavfsizligini oshiradi. Yo‘l to‘liq foydalanishga topshirilgach, undan foydalanish pullik asosda amalga oshiriladi.

Yangi avtomobil yo‘li ishga tushirilishi natijasida Urganch va Xiva shaharlari o‘rtasidagi qatnov sifati yaxshilanadi, yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlari tezlashadi hamda hududning investision va turistik jozibadorligi oshadi.

Kiritildi: 21:24 25.01.2026. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!