Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi

«D213 «Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380» avtomobil yo‘lining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilinadi. Loyihaning umumiy qiymati 294,1 mln AQSh dollari.

Bu haqda Prezidentning 13 noyabrdagi Prezidentining «Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida xorazm viloyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilandi.

Loyihani amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 18 yil muddatga, to‘rt yillik imtiyozli davr bilan 238 million dollar miqdorida kredit jalb etildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2041 yil noyabrigacha O‘zbekiston bankka asosiy qarz va foizlar uchun 382,68 million dollar to‘lashi kerak.

Uning realizasiyasi 2 yillik kafolat muddati bilan 5 yilni (2024−2029) tashkil etadi.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xarajatlarni 32,7 million dollargacha optimallashtirish imkoniyati aniqlangan. Mazkur mablag‘ Xorazm viloyatidagi D217 «Urganch — Gurlan — Mang‘it — Turkmaniston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 5 — 75 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish loyihasiga yo‘naltiriladi.

Prezident loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va YETTB krediti bo‘yicha prognoz to‘lov jadvalini tasdiqladi.

Xorazm viloyati hokimligiga qo‘mita bilan birgalikda yashil hududlarni tashkil etish maqsadida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘llarining yo‘lbo‘yi hududlarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 30 ming tup manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni ta’minlash topshirildi.

Kiritildi: Bugun 09:54. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!