Kim avvalroq yil boshida Rossiya bilan jadal rivojlanayotgan harbiy hamkorlik sharoitida suiqasd dronlarning sinovini nazorat qilgan edi.
Dronlardan Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarda keng foydalanilgan.
Shimoliy Koreya birinchi marta avgust oyida o‘zining xudkush uchuvchisiz samolyotlarini namoyish qildi.
KCNA ma’lumotlariga ko‘ra, bu hafta Shimoliy Koreyada o‘tkazilgan sinovda dronlar nishonlarga «aniq» zarba bergan.
«Turli zarba masofalarida qo‘llaniladigan xudkush hujumchi uchuvchisiz uchoqlar quruqlikdagi va dengizdagi har qanday dushman nishonlariga aniq hujum qilish missiyasini bajarishga mo‘ljallangan», - deya xabar beradi Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi.
KCNA nashrining xabar berishicha, Kim dronlar nisbatan arzon ishlab chiqarish narxi va keng qo‘llanish doirasi tufayli «ishlatish uchun qulay... zarba kuchining tarkibiy qismi» ekanligini aytdi.
Kimning qo‘shimcha qilishicha, Shimol «yaqinda uchuvchisiz apparat tizimlarini ishlab chiqish va ularni mamlakatning umumiy harbiy strategiyasi bilan birlashtirishga ahamiyat bergan».