Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi - Umerov

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi - Umerov



«Hududiy yaxlitlik qadriyatlarimizning bir qismidir», dedi Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov. U OAVda Kiyevning urushdagi ustuvor yo‘nalishlari o‘zgargani haqidagi xabarlarni «yolg‘on va Rossiya propagandasining bir qismi» deb atadi.

«Bizning ustuvor vazifamiz odamlarni himoya qilish, millatni himoya qilish, odamlarni deyarli 10 yillik vaqtinchalik bosqindan ozod qilish bo‘lib qolmoqda, shuning uchun Qrim va Donbass Ukrainaning bir qismidir», deb ta’kidladi Umerov.

Avvalroq The New York Times AQSh prezidentlik saylovlarida respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozonganidan so‘ng, ehtimoliy tinchlik muzokaralari chog‘ida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarishdan muhimroq bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 21:43 15.11.2024. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!