Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Urganch tuman hokimining o‘rinbosari 5 mln. so‘m pora olayotganda qo‘lga olindi

Urganch tuman hokimining o‘rinbosari 5 mln. so‘m pora olayotganda qo‘lga olindi

O‘zbekiston DXX joylarda hokimiyat va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya va boshqa ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarini aniqlash, oldini olish va profilaktika qilish bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda.

Xorazm viloyatida ana shunday huquqbuzarliklardan birining oldi olindi. Xususan, joriy yilning 1 iyul kuni DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Urganch tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Bekzod Abdurimov mahalliy fuqarodan 5 mln. so‘m pora olayotganda qo‘lga olindi.

Mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 12:20 06.07.2018. O'qildi: 2910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!