Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Urganch shahri hokimi va prokuroriga hayfsan berildi

Urganch shahri hokimi va prokuroriga hayfsan berildi

Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida snos masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Urganch shahri hokimi Shuhrat Abdullayev va shahar prokurori Davlatovga yo‘l qo‘ygan xatolari uchun hayfsan e’lon qilindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

26 iyul kuni Urganch shahri Ashxobod mahallasidan Chondirqiyot qishlog‘i hududiga ko‘chirib yuborilgan va dalada palatka va kapa qurib yashayotgan, ammo 1-2 oydan beri kompensasiya pulini ololmayotgan aholi vakillari Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘yishgan, viloyat hokimi Farhod Ermanov voqea joyiga yetib kelib, aholi bilan muzokara o‘tkazgan va 10 avgustgacha kompensasiya pullari to‘liq to‘lanishini va’da qilgandi.

Bugun, 27 iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov prezident topshirig‘i bilan Urganchga yetib bordi va aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi.

Milliy Bankning Urganch bo‘limi xodimlari tomonidan kompensasiya pullari tarqatila boshlandi. Rejaga ko‘ra, shu bugunning o‘zida 207ta xonadon egasiga kelishuv shartnomasida ko‘rsatilgan kompensasiya pulining 50 foizi miqdorida, jami 21 milliard so‘m taqsimlab beriladi. 

10 avgustgacha esa barcha xonadon egalari bilan 100 foiz hisob-kitob qilinishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, muqaddam Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Shuhrat Abdullayev 2018 yilning dekabrida prezidentning viloyatga tashrifi vaqtida Urganch shahriga hokim etib tayinlangandi.

Kiritildi: 09:46 28.07.2019. O'qildi: 3835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!