Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Urganch aeroportida 3,8 mln so‘mlik tilla va kumush taqinchoqlar “yashil yo‘lak”dan o‘tolmadi

Urganch aeroportida 3,8 mln so‘mlik tilla va kumush taqinchoqlar “yashil yo‘lak”dan o‘tolmadi

“Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari xorijdan uchib kelgan, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.S.ni bojxona nazoratidan o‘tkazishganda, og‘zaki so‘rovi paytida aytilmagan, deklarasiyalanmagan, belgilangan me’yordan ortiqcha bo‘lgan, qiymati 3,8 mln so‘mlik 39,25 gramm tilla va kumush taqinchoqlarni olib kirishga uringanligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar vazni 65 grammgacha bo‘lgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini shaxsiy extiyojlari uchun bojxona to‘lovlarisiz olib kirishlari mumkin.

Yana bir holatda esa fuqaro SH.M “yashil” yo‘lak orqali og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va deklarasiyada ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish apparatini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Viloyat bojxona boshqarmasining “Shovot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DAF va MAN rusumli yuk avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro CH.Sh va R.Flar boshqaruvidagi yuk avtotransport vositalari ko‘zdan kechirilganida esa, yuk avtotransport vositalarining kabinasidagi haydovchi dam olish joyida eski to‘shak jildining ichki qismlariga tikilgan, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida aytilmagan uzunligi 100 metrdan ortiq bo‘lgan mato va yopinchiqlar mavjudligi aniqlandi.

Yuk egalari bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovarlarni yashirishning antiqa usulini o‘ylab topishgan ekan. Ammo ularning bu nayranglari o‘zlariga pand berdi.

Kiritildi: 13:35 25.08.2019. O'qildi: 4583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!