Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktab rahbari tomonidan 1-sinf o‘quvchilari oldida maktabning ayol pedagog xodimlarini haqorat qilgani aytilgan video tarqaldi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu holat boshqarma tomonidan o‘rganildi.
“Ushbu xodimga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilib, lavozimidan ozod etilgan”, deyiladi boshqarma xabarida.
Shu bilan birga, boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi shartligi ta’kidlangan.