Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘quvchilar maktabda yashashga majbur bo‘lgan o‘qituvchiga pul yig‘ib berishdi. O‘qituvchi hayajondan yig‘lab yubordi

A A A
O‘quvchilar maktabda yashashga majbur bo‘lgan o‘qituvchiga pul yig‘ib berishdi. O‘qituvchi hayajondan yig‘lab yubordi

Braziliyaning Breju-Santu munisipalitetidagi maktablardan birining o‘quvchilari ikki oydan beri maosh olmayotgan o‘z o‘qituvchilari Bruno Rafael de Payvaga pul yig‘ib berishdi. 

De Payva munisipalitetga mart oyida ko‘chib o‘tgan va mahalliy maktablardan birida betobligi sababli ta’tilga ketgan boshqa o‘qituvchi o‘rniga dars bera boshlagan. U may oyigacha maosh olmagan, oilasini boqishda esa unga do‘stlari yordam bergan.

Ma’lum qilinishicha, o‘qituvchi yashash uchun alohida joy olishga imkoni bo‘lmagani sababli maktabda yashashga majbur bo‘lgan.  

O‘quvchilar bundan xabar topib, ustozlari uchun pul yig‘ib berishga qaror qilishgan. Ular yig‘gan umumiy summa 400 Braziliya realini (100 dollar) tashkil qilgan. 15 may kuni ular pul solingan qutichani o‘qituvchi darsga kelishidan oldin uning stoli chekkasiga qo‘yishgan. Bundan bexabar o‘qituvchi qutichada u uchun yig‘ilgan pulni ko‘rib, hayajondan yig‘lab yuborgan, o‘quvchilar esa o‘qituvchilarini quchib olishgan.

Maktab direktori de Payva shartnomani 20 mart kuni tuzgani sababli maoshi keyingi oyga qolib ketganini aytgan, biroq u o‘qituvchiga may oyi uchun ish haqi nima uchun berilmagani sababini tushuntira olmagan. Direktorning aytishicha, o‘quvchilarning bu ishi qolgan o‘qituvchilar va xodimlar uchun kutilmagan hodisa bo‘lgan.  

Manba: kun.uz

Kiritildi: 04:40 03.06.2018. O'qildi: 1623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!