“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida “Korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy va jinoiy javobgarlik” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Tadbirda Kompaniyaning ijroiya apparati, Toshkent shahri hamda barcha hududiy filiallarda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Davlat tuzilishi va boshqaruvining huquqiy asoslari” kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi Shavkat Asadov tomonidan korrupsiya tushunchasi, uning turlari, oqibatlari hamda oldini olish bo‘yicha mavjud normativ-huquqiy asoslar batafsil yoritildi. Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, joriy etilgan yangiliklar hamda amaliy mexanizmlar haqida ham ma’lumot berildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, bu kabi seminarlar korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, xodimlarning bu boradagi huquqiy ong va mas’uliyatini oshirish, shu bilan birga korporativ boshqaruvda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur seminar ham rahbar xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Seminar yakunida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.