Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasidan beriladigan to‘lovlar qisqartirilishi mumkin

O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasidan beriladigan to‘lovlar qisqartirilishi mumkin

Moliya vazirligi tomonidan “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim muassasalari xodimlariga to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni qisqartirish taklif etildi. 

Bu haqda Hisob palatasining Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo‘yicha xulosasida aytib o‘tilgan.

Loyihaga Moliya vazirligi tomonidan kiritilgan  O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasining ish haqi va boshqa to‘lovlar bo‘yicha byudjet siyosatida:  

- ta’lim muassasalaridan tashqari byudjet tashkilotlarida moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasidan to‘lovlarni 5 foizga;  

- ta’lim muassasalarida ishlovchi xodimlarga direktor jamg‘armasidan to‘lanuvchi to‘lovlarni 4 foizga qisqartirish taklif qilingan.  

Kiritildi: 19:00 18.11.2020. O'qildi: 3020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!