Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.I. fuqaro G‘.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, ushbu institut katta o‘qituvchisi B.M. fuqaro Z.I.dan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.O‘. fuqaro I.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib berishni 1 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:14 05.08.2022. O'qildi: 1551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!