Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Uorren Baffet Berkshire Hathaway xoldingi rahbari lavozimini tark etadi

Uorren Baffet Berkshire Hathaway xoldingi rahbari lavozimini tark etadi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri Uorren Baffet yil oxirigacha Berkshire Hathaway xoldingi bosh direktori lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

Uning o‘rnini kompaniya vise-prezidenti Greg Abel egallaydi.

"O‘ylaymanki, yil oxirida Gregning kompaniyaga rahbarlik qilish vaqti keladi. Men bu haqda direktorlar kengashiga xabar qilaman va buni Abelga nisbatan o‘z tavsiyam bilan qo‘shib qo‘yaman, ularga hamma narsani o‘ylab ko‘rish uchun vaqt beraman va bir necha oydan keyin bo‘lib o‘tadigan keyingi yig‘ilishda biz 11 direktorning fikriga muvofiq qaror qabul qilamiz. O‘ylaymanki, ularning barchasi bu taklifni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlaydi. Demak, yil oxirida Greg Berkshire Hathaway kompaniyasining bosh direktori bo‘ladi," - dedi u.

94 yoshli Baffett kompaniya ishlaridan xabardor bo‘lib turishda davom etishini ta’kidlab, "vaqti-vaqti bilan unga foydali bo‘la olishiga" umid bildirdi.

Kiritildi: 17:00 04.05.2025. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!