Gazeta manbalariga ko‘ra, Tramp ma’muriyatidagi rasmiylar Uols "harbiy harakatlarga moyillikni oshirishga" urinmoqda va isroilliklar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, deb hisoblashgan.
"AQSh prezidenti Uolsning bu harakatlaridan g‘azablangan, chunki u Trampning urushlarni yakunlash haqidagi saylovoldi va’dalariga qaramay, Netanyahuning Eronga zarba berish rejalarini qo‘llab-quvvatlagan. Mazkur masala Oq uyda fevral oyidagi yig‘ilish oldidan muhokama qilingan", deb yozadi WP.