Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

UNRWA Isroilda 48 soat ichida butunlay taqiqlanadi

UNRWA Isroilda 48 soat ichida butunlay taqiqlanadi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam va Ishlar Agentligi (UNRWA) faoliyati Isroilda 48 soat ichida butunlay taqiqlanadi. Bu haqda Isroil hukumatining rasmiy vakili Devid Menser ma’lum qildi.

Menser UNRWA xodimlari o‘z ofislarini tark etishlari va Isroil "terrorizm uchun qalqon" bo‘lgan tashkilot bilan barcha aloqalarini to‘xtatishini aytdi.

"48 soat ichida UNRWAning Isroilda vakolatxonalari, aloqalari va operasiyalarisiz faoliyati taqiqlanadi. UNRWA Isroilning milliy xavfsizligiga tahdiddir. Suveren davlatdan o‘z muxoliflarini moliyalashtiradigan agentlikdan Isroilda faoliyat yuritishiga ruxsat berishni so‘rash mumkin emas" - dedi u jurnalistlar uchun brifingda.

Kiritildi: 22:50 29.01.2025. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!