Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

«Undan munosibroq nomzod yo‘q!» — Oq uy Trampning FIFA tinchlik mukofotini olishini tanqid qilganlarga javob qaytardi

«Undan munosibroq nomzod yo‘q!» — Oq uy Trampning FIFA tinchlik mukofotini olishini tanqid qilganlarga javob qaytardi

Oq uy vakili Devis Ingl Donald Trampga FIFA tinchlik mukofoti topshirilishi bo‘yicha yangragan tanqidlarga munosabat bildirdi.

AQSh Prezidenti ushbu mukofotni o‘tgan yilning dekabr oyida, JCH-2026 qur’a tashlash marosimi oldidan qabul qilib olgan edi.

«Dunyoda tarixdagi ilk FIFA tinchlik mukofotiga Prezident Trampdan ko‘ra munosibroq inson yo‘q. Boshqacha fikrlaydigan har qanday odam shubhasiz «Trampga mukkasidan ketish sindromi»ning og‘ir shaklidan aziyat chekmoqda», — dedi Ingl.

«Trampga mukkasidan ketish sindromi» — bu Donald Tramp shaxsiyati va siyosatiga nisbatan irrasional, haddan tashqari salbiy munosabatni ifodalovchi kamsituvchi atama bo‘lib, undan asosan Prezident tarafdorlari foydalanishadi. 2025 yilda Minnesota shtati Senatining besh nafar a’zosi ushbu hodisani ruhiy kasallik sifatida tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga kiritgan edi.

Kiritildi: 23:51 29.04.2026. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!