Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Umurtqasini sindirib olgan yigit 117 kunda eng baland yettita cho‘qqini zabt etdi

A A A
Umurtqasini sindirib olgan yigit  117 kunda eng baland yettita cho‘qqini zabt etdi

2014 yilda avstraliyalik Stiv Pleyn suzish vaqtida umurtqasini sindirib olgan. Bundan tashqari uning orqa miyasi, shuningdek, umurtqa diski, arteriya tomiri va paylariga ham shikast yetgan, deb xabar beradi TJournal.

Shifokorlar Stiv hech qachon oyoqqa tura olmasligini va sholligicha qolishini aytgan. Pleyn oyoqqa turish vaqtida o‘z oldiga Yer yuzidagi yettita qit’ada joylashgan eng baland yettita cho‘qqiga chiqishni maqsad qilib qo‘ygan.

"Gospitalda yotganimda shiftga qarab, endi oyoqqa tura olmasligim borasidagi xayollar asnosida bor diqqat-e’tiborimni qayta tiklanish jarayoniga qaratishga qaror qildim", deydi alpinist.

Noxush hodisa sodir bo‘lganidan 4 yil o‘tgach, avstraliyalik yigit Yer yuzining yettita qit’asida joylashgan eng baland nuqtalarni zabt etib, rekord o‘rnatdi. U ushbu vazifani 117 kunda amalga oshirib, o‘zidan oldingi rekordchini 8 kunga ortda qoldirdi.

14 may kuni ertalab Pleyn Jon Gupta va Pemba Sherpa ismli gidlar bilan birgalikda Everest cho‘qqisini zabt etib, o‘z sayohatini yakunladi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:59 15.05.2018. O'qildi: 1494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik