🔰Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab jami 208 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 10-sinfdan boshlab o‘quvchilarga bitta kasb-hunarga o‘rgatish ishlari amalga oshiriladi.
☝️O‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati shakllantirildi.
💠Bunga ko‘ra,
✔️umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy ta’lim” fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari o‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasb-hunar turidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
📌Tanlab olingan 208 ta maktabda o‘quvchilar qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi 3 yo‘nalishlardan biri bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatiladi:
✔️ishchi kasblar (hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkor va hunarmandlar jalb qilingan holda 64 turda),
✔️ tadbirkorlik (21 turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha),
✔️ zamonaviy kasblar (10 dan ortiq axborot texnologiyalari va kreativ industriya yo‘nalishi bo‘yicha)
📌Ma’lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yilida 17 ming nafardan ortiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinf o‘quvchilariga kasb-hunarga o‘rgatiladi.