Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Umrada ko‘chada qolib ketgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi

Umrada ko‘chada qolib ketgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi

Saudiya Arabistoniga noqonuniy yo‘llar bilan umra safariga ketgan va ko‘chada och-nahor qolib ketgan 580 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayrim turfirmalar o‘z zimmasiga olgan vazifalarni bajarmagani sababli ko‘plab fuqarolar Saudiya Arabistonida og‘ir holatga tushib qolgan. 2025 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston hududida ayrim fuqarolar tomonidan turistik kompaniya niqobi ostida hech qanday lisenziyasiz umra safarlarini tashkil qilish holatlari aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan 34 ta jinoyat ishi ochilgan. Mazkur jinoyatlar doirasida 46 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

53 ta turistik xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Kiritildi: 15:00 25.04.2025. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!