Toshkent shahrida yashovchi, 1981 y.t. shaxs tegishli lisenziyaga ega bo‘lmagan holda, o‘zini “Umra” ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan turfirmaning go‘yoki vakili sifatida tanishtirib, 3 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga “Umra” safariga yuborish va muqaddas amallarni to‘liq bajarishlarini ta’minlab berish evaziga jami 3450 AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3400 dollar va 600 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Farg‘ona shahrida kuzatilgan holatda esa 1998 y.t. shaxs o‘zining tanishlari orqali 4 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishni va’da qilib, jami 4200 AQSh dollari talab qilgan.
Lekin, so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.