20 avgust kechasi Rossiya kuchlari Kiyev va Kiyev viloyatiga ballistik va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gipertovushli "Sirkon" raketalari, shuningdek, dronlardan foydalangan holda keng ko‘lamli hujum uyushtirdi.
Kiyev meri Vitaliy Klichko, Kiyev shahar harbiy ma’muriyati va Ukraina havo kuchlari bu haqda e’lon qilishdi.
Kiyevdagi hujumda uch kishi halok bo‘lgani, yana 20 kishi jarohatlangani, ulardan 14 nafari kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan.
Ukraina poytaxtining Solomyanskiy tumanida to‘qqiz qavatli turar-joy binosi shikastlangan, uning yuqori qavatlari vayron bo‘lgan va yong‘in sodir bo‘lgan. Maktab binosi va bolalar kasalxonasi ham shikastlangan. Svyatoshinskiy tumanida omborlar, Darniskiyda esa turar-joy bo‘lmagan binolar yonib ketgan. Svyatoshinskiy va Solomyanskiy tumanlarining bir qismi elektrsiz qolgan.
Kiyev viloyatining Brovary tumanida bir kishi halok bo‘lgan va yana biri yaralangan. Sanoat ob’ekti shikastlangan, u yerda yong‘in sodir bo‘lgan.
Rossiya qo‘shinlari Jitomirga ham uchuvchisiz uchish apparatlari bilan hujum qilishdi. Milliy polisiya bosh qarorgohi binosiga zarba qayd etildi. Milliy polisiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Maksim Suskiridzening so‘zlariga ko‘ra, ikki polisiya xodimi halok bo‘lgan va kamida 20 kishi jarohatlangan.