Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Osiyoning eng boy odami umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Osiyoning eng boy odami umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Bir paytlar Osiyoning eng boy odami bo‘lgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi: sababi korrupsiya Kasodga uchragan Xitoyning Evergrande devoloperi rahbari Xuyey Ka Yan umrbod qamoq jazosi va barcha mol-mulkini musodara qilishga hukm qilingan. Aprel oyida u bir qator jinoyatlar, jumladan firibgarlik, aktivlarni o‘zlashtirish va korrupsiyada aybini tan olgan edi. Evergrande Xitoydagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri edi, Xuyey Ka Yan esa 2017-yilda 45,3 mlrd dollar boylik bilan Osiyoning eng boy odamiga aylangandi. Evergrande atrofidagi krizis 2021-yilning kuzida, xoldingning jiddiy moliyaviy muammolari borligi ma’lum bo‘lgach boshlangan. Uning qarzlari 300 milliard dollardan oshib ketgan.
Kiritildi: Bugun 16:16. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!