Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi, kamida 8 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi, kamida 8 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining ma’lum qilishicha, yana 33 kishi jarohatlangan. Idora Ukraina poytaxtining Svyatoshinskiy, Solomenskiy va Darniskiy tumanlarida hujum oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etayotganini qo‘shimcha qildi. Kiyev meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegram-kanalida Solomenskiy tumanida 9 qavatli turar joy binosining yuqori qavatlariga shikast yetgani va binoda yong‘in chiqqanini yozdi. Svyatoshinskiy va Solomenskiy tumanlarining bir qismi elektr ta’minotisiz qoldi. Kiyev shahar harbiy ma’muriyati turar joy binolari, tibbiyot va ta’lim muassasalariga zarar yetgani, shuningdek, katta omborxona maydonlarida yong‘in sodir bo‘layotganini ma’lum qildi.
Kiritildi: Bugun 12:14. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!