Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilgani aniqlandi

Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilgani aniqlandi



Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi.

Natijada Qo‘mitaning Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan jami 6 ta (“Hamroh Tour”, “Kabadoshlarim”, “Yuksak Trevel”, "Murabbiy Travel", "Hikmat Travel", "Infin Tour") Instagram va Telegram sahifalari ma’murlari tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Qo‘mita tomonidan reklama axborotlarini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Kiritildi: 21:52 07.07.2026. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!